INSTITUT VAKILLARINING MAHALLAGA AMALIY TASHRIFI DAVOM ETMOQDA.
31.01.2026 09:04:03 20
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari – G‘.Xolmatov, A.Abdullayev hamda B.Ataxanov va magistrlar tomonidan Yangi Namangan tumanida joylashgan “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘iniga amaliy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari mahalla raisi M.Nasriddinova, mahalla profilaktika inspektori Z.Nabiyev hamda yoshlar yetakchisi Sh.Abdubannayeva bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot chog‘ida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy-ma’rifiy muhiti, yoshlar bilan ishlash tizimi, shuningdek, mavjud muammo va ehtiyojlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuvda “Mening mahallam — mening faxrim” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli vazifalar muhokama qilinib, xususan, talabalar ishtirokida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, ko‘ngillilar guruhini shakllantirish hamda mahalla bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tashrif mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarni mahalla hayotiga faol jalb etish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.