English English English

Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida

  08.10.2025 09:23:40    16


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ota-onalar majlisi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev hamda fakultet dekani S.Mutalov ishtirok etdilar.


Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida


Uchrashuvning asosiy maqsadi — “institut — ota-ona” tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ota-onalarni oliygohning ichki tartib-qoidalari, talabalarning davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, grant va kontrakt tizimidagi o‘zgarishlar hamda talabalar yashash sharoitlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida so‘z olgan mas’ullar ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lish, talabalarning darslarga qatnashini, ma’naviy madaniyatini va shaxsiy mas’uliyatini oshirish borasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Ota-onalar esa o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirdilar, mavjud muammolarni hal etish hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga doir taklif va mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

Bunday uchrashuvlar orqali institut, ota-onalar va talabalar o‘rtasida ochiqlik, ishonch va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida