Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida fan to‘garaklari faoliyati davom etmoqda.
15.08.2025 08:12:28 30
Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedra o‘qituvchisi Turdaliyeva Nargiza rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotda, iqtidorli talabalar ishtirok etib, "algoritm' tushunchasi, uning xossalari va ifodalash usullari haqida bilim oldilar.

To'garakda: Talabalarga algoritmni so‘zli, jadval va grafik (blok-sxema) ko‘rinishida tasvirlash imkoniyatlari tushuntirildi. Shuningdek, blok-sxemaning asosiy elementlari va ularning vazifalari izohlandi.
Amaliy mashg‘ulotda talabalar murakkab masalalar uchun algoritmlar tuzish, kompyuter qurilmalari va dasturiy ta’minot turlari haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishdi.