HAYOTINGIZNI XAVFGA QO'YMANG!
03.06.2025 08:52:48 11
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlari boshqarmasi bilan hamkorlikda profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlari boshqarmasi mutaxassisi, kapitan U.Olimov, Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i A.Xolmatov, Fuqaro muhofazasi muhandisi G.Daminova, Mehnatni muhofaza qilish muhandisi S.Gapparov, yong'in xavfsizligi bo'yicha instruktor A.Adambayev, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari B.Mallabayev, talabalar va tyutorlar ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan favqulodda holatlardan ogoh qilish, belgilanmagan suv havzalarida cho’milmaslik, yong‘in, chaqnash, is gazi va boshqa favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanish to‘g‘risida tushuncha va tavsiyalar berildi.