English English English

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

  24.01.2026 09:25:33    13


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: ustuvor vazifalar mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin va uzoq istiqboldagi asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni, ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar siyosatini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash borasida belgilangan muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda institut rahbariyati vakillaridan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev hamda Talabalar ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev ishtirok etib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmuni, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.

 


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi


Uchrashuv davomida strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyati, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash masalalari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, savol-javoblar orqali ochiq va samarali muloqot olib borildi.


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi