English English English

“Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi.

  10.06.2025 14:17:45    8


Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Munozara” respublika turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


“Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi.


Marosimda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova, Xorazm viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig‘i Ziyovuddin Sa’dullayev hamda hamkor tashkilot mas’ullari so‘zga chiqib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladilar.

 Shundan so‘ng Hakamlar hay’ati raisi Sunnatillo Bozorboyev turnirning final bosqichi reglamenti va o‘tkazilish tartibi bilan jamoalarni yana bir bor tanishtirib o‘tdi va ishtirokchi jamoa sardorlari bilan birgalikda qur’a tashlash amalga oshirildi.

Bugungi final bosqichida quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda:
Andijon davlat texnika instituti “Forsight” jamoasi
Buxoro davlat tibbiyot instituti “Genius” jamoasi
O‘zbekiston Milliy universiteti “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi
Guliston davlat universiteti “Diva” jamoasi
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Intellekt” jamoasi
Nukus davlat pedagogika instituti “Sahro bulbullari” jamoasi
Termiz davlat universiteti Gumata jamoasi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Maorif yulduzlari” jamoasi
Namangan davlat pedagogika instituti “Ibrat” jamoasi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Debaters” jamoasi
Toshkent tibbiyot akademiyasi “The best” jamoasi
Samarqand davlat universiteti “Tafakkur” jamoasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kritics” jamoasi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Atlas” jamoasi
Fargʻona davlat texnika universiteti “Bermud” jamoasi
O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “Millat umidi” jamoasi
Toshkent davlat agrar universiteti “Taraqqiyot” jamoasi
Navoiy davlat universiteti “Sitseron” jamoasi

Ochilish marosimidan rasmlar (https://talaba-edu.uz/uz/post/311/)

Ayni damda turnirning guruh bosqichi uchun o‘tish o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘tish o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar guruh bosqichida ishtirokini davom ettiradi. Turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz.


“Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi. “Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi. “Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi.