Tajriba almashish – taraqqiyot kaliti
04.10.2025 11:25:44 22
Namangan davlat pedagogika instituti Registrator ofis xodimlari Qo‘qon davlat pedagogika institutining Registrator ofisiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad – registrator tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish hamda samarali hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon davlat pedagogika instituti Registrator ofisi faoliyati, ish jarayonlarini yuritish tartibi, elektron tizimlardan foydalanish imkoniyatlari va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.
Muloqot chog‘ida mavjud tajribalarni amaliyotga joriy etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar almashildi.
Tashrif yakunida institut xodimlari o‘z faoliyatida qo‘llash uchun samarali tajribalarni orttirib qaytdilar. Bunday uchrashuvlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashuvini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.