NamDPI: AMALIYOT JARAYONLARI VA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA...
04.05.2026 08:35:13 25
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ixtiyor Ergashev tomonidan o‘ziga biriktirilgan 3-kurs Tarix (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyot jarayonlari monitoring qilindi.
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida amaliyot o‘tayotgan talabalarning dars o‘tish jarayonlari, metodik tayyorgarligi va maktab jamoasi bilan hamkorligi ko‘zdan kechirildi. Monitoring davomida talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
✅Tashrif doirasida maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlarga Namangan davlat pedagogika institutining bugungi faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va yangi imkoniyatlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va ko‘plab bitiruvchilar pedagogika sohasiga qiziqish bildirdilar.