Umumta’lim maktablari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik davom etmoqda
15.04.2025 11:17:51 8
Uychi tumanidagi 40-maktabda Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasining o‘quv metodik markazi ochildi
Ushbu markaz tumandagi barcha maktablarni institut bilan bogʻlab, ilmiy-amaliy jihatdan, balki tarbiyaviy-ma'rifiy yo‘nalishda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bu tashabbus doirasida talabalarning o‘quv-amaliyoti bevosita maktablarda tashkil etilib, ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini real muhitda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar.
Shu bilan birga, maktab o‘qituvchilari va institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba va mahorat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunday hamkorlik nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki kelajak avlodga puxta bilim berish, malakali kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.