Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi – yangi o‘quv yiliga shay!
02.09.2025 14:58:03 50
2025/2026-o‘quv yili arafasida institutning Axborot-resurs markazi talabalarga yanada keng imkoniyatlar taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Boy kitob fondi va zamonaviy elektron bazalar;
Qulay o‘quv zallari va ochiq internet muhitida ishlash imkoniyati;
Tajribali ARM xodimlari ko‘magida kerakli adabiyot va manbalarga tezkor murojaat.
Bu yerda nafaqat o‘qish va izlanish, balki ilmiy yangiliklardan boxabar bo‘lish, hamfikr talabalar bilan muloqot qilish uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.
Yangi o‘quv yili – yangi imkoniyatlar! Sizni bilim maskanining yuragi bo‘lgan Axborot-resurs markazida kutib qolamiz!