Raqamli dunyo sari birinchi qadam
03.10.2025 08:32:50 6
Hurmatli bitiruvchi talabalar! Sizni “Kompyuter savodxonligi asoslari” bo‘yicha tashkillashtirilayotgan o‘quv kursimizga taklif etamiz.

Kursning maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, kundalik hayot va ish faoliyatida zarur bo‘lgan kompyuter ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Kurs davomida siz quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
✔️ Kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanish;
✔️Matn, jadval va taqdimotlar tayyorlash;
✔️Internet va elektron pochta bilan ishlash;
✔️ Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash asoslari.
Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
🗓 Mashg‘ulot vaqti: seshanba va payshanba kunlari
⏰ Soat: 15:00 – 16:00
📥Ariza qoldirish uchun ➡️ "Ariza qoldirish" (https://forms.gle/qs6JmPHWF2zTb2NQ6)