NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 10-SONLI KENGAYTIRILGAN KENGASH YIGʻILISHI BO'LIB O'TDI
09.06.2025 14:23:18 5
Navbatdagi Kengash yigʻilishi avvalida "Mirzo Ulugʻbek vorislari" Respublika tanlovida ishtirok etib, gʻalabani qoʻlga kiritgan talabalar institut rektori (kengash raisi) hamda kengash aʼzolari tomonidan qutlandi.

Shuningdek, "Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovining final bosqichida 3-o'rinni qoʻlga kiritgan "Diydor" jamoasi vakiliga vazirlikning diplomi topshirildi.
Kengash davomida institut rektori bir guruh professor-oʻqituvchilarning ilmiy darajaga erishgani munosabati bilan tabriklab, keyingi ish faoliyatlarida zafarlar tiladi.