NamDPI delegatsiyasining Xitoydagi amaliy tashrifi davom etmoqda
21.06.2025 09:02:49 24
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Xitoydagi xizmat safari doirasida Lyunyua Gang shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarining kundalik ish jarayonlari, mavjud moddiy-texnik bazasi, shuningdek, pedagog-tarbiyachilarning mashg‘ulot olib borish uslublari atroflicha o‘rganildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim metodikasi, bolalarning rivojlanishiga qaratilgan yondashuvlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi tajriba almashinuvi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari, shuningdek, o‘zaro foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif institutning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda ularni O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimi amaliyotiga tatbiq etish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.