"Qizlarni o‘qitaylik!" shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi
08.05.2025 10:53:13 19
Namangan tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar boshchiligida Namangan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 19-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Qizlarni o‘qitaylik!" nomli qizlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda tumandagi 37 ta maktabdan kelgan bitiruvchi sinf qizlari hamda ularning onalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchi-qizlarni Oliy ta'limga jalb qilish bo‘yicha hamda o'quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, gender tengligi maktab miqyosida ochib ko‘rsatib berildi.
Ushbu festivalda Namangan davlat pedagogika instituti Oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi Manzura Asqarova ham munosib ishtirok etib, oʻquvchi-yoshlarni bilim olishga, ilm kishisi boʻlishga, oʻqishlarini oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishga chorladi.
Tadbir yakunida namunali o‘quvchilar hamda ularning onalari va o‘qituvchilari tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.