“O'zbek adabiy tili me'yorlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
05.03.2026 12:12:34 8
Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi dotsenti Muazzam Payzibayeva tomonidan MBX-BU-22 guruhida “O'zbek tilini sohada qo'llanishi” fanidan “O'zbek adabiy tili me'yorlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va kreativ metodlar asosida tashkil etilib, talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Dars jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanilgani va kompetensiyaviy yondashuvning izchil qo‘llangani ochiq darsning ilmiy-uslubiy ahamiyatini yanada oshirdi.