English English English

NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi

  09.10.2025 09:33:15    17


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.


NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi


Mazkur seminar o‘zbek adabiy tili taraqqiyoti, uni o‘qitish va o‘rganishdagi zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, ta’lim jarayonida adabiy tafakkurni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirni Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘zbek adabiy tilining milliy tafakkur, ma’naviyat va ta’lim tizimidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, tilshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Seminarda quyidagi olim va mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi:
➡️Safo Matchonov —Badiiy matn bilan ishlashning estetik asoslari
➡️Saodat Kambarova — Adabiy ta’limda zamonaviylik: tajriba va motivatsiya
➡️Nigora Mamarahimova — Darsliklardagi loyiha ishlarining afzalliklari
➡️ Nargiza To‘rayeva — O‘qituvchining o‘zini rivojlantirish va refleksiya madaniyati
➡️ Lobarxon Rustamova — Navoiy asarlarini hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi
➡️Nozimaxon Yuldasheva — Tilning 100 tilsimi
➡️ Nilufar G‘oyibnazarova — Ona tili – millat timsoli
➡️Shaxzoda Qadirova — Ona tili darslarini hayotga tatbiq etish usullari
➡️Rayxona Tillayeva — Adabiy ta’limda badiiy matn bilan ishlash usullari
➡️Nurjamol Abdurazakova — Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash
➡️Patma Abdurazakova — Sanli mediatizatsiya va uning jamiyatdagi o‘rni
➡️Gulmira Zulaypoyeva — Idiostil va idiolekt tahlili
➡️Diyora Shamshiyeva — Gender stereotiplari va lisoniy manzara

Mazkur ma’ruzalar doirasida o‘zbek adabiy tili va adabiy ta’limni rivojlantirishning nazariy-amaliy jihatlari, innovatsion metodlar hamda zamonaviy yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida faol ma’ruzachilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi NamDPIda “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek adabiy tilining rivojlanish tendensiyalari” seminari o‘tkazildi