YOZGI OROMGOHLAR BOLALARNI KUTMOQDA
28.07.2025 08:48:19 27
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat kengashi tomonidan Chust tumani G'ova qishlogʻida joylashgan "Mehrjon" bolalar yozgi dam olish maskaniga (8-avgustdan 20-avgustgacha) 10 nafar 5-smena uchun 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan institutimizning professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlarining farzandlari yoki nabiralariga yo‘llanmalar ajratildi.

Ushbu yo‘llanmaning umumiy narxi 2 100 000 (ikki million bir yuz ming) so‘m bo‘lib, pul mablag‘ining 472 500 (toʻrt yuz yetmish ikki ming besh yuz) so‘m to‘lov (cheki) qog‘ozi, ariza va dam oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini va otasi yoki onasining passport nusxasini taqdim etishingiz so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun institutning kasaba uyushma qo‘mitasi kengashi raisi E.Tajiboyev(@E_Tajiboyev)ga
murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998939460706