“Taqiqlangan joyda cho‘milmang!” – Talabalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
29.05.2025 10:16:35 21
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, shuningdek, Xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash boshqarmasi (X va JTTEB) bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Ishtirokchilar:
-
Namangan viloyati FVB X va JTTEB boshlig‘i podpolkovnik A. Ergashev
-
Namangan shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari kapitan B. Otabayev
-
Institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar
Tadbirning maqsadi:
Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarning yozgi ta’til davrida xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish va ogohlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim masalalar yoritildi:
-
Belgilanmagan suv havzalarida cho‘milish xavflari;
-
Yong‘in, chaqnash va is gazidan zaharlanish holatlari;
-
Uy sharoitida tayyorlangan tuzlamalardan botulizm kasalligiga chalinish xavfi;
-
Quturish kasalligining oldini olish choralari;
-
Yosh bolalarni nazoratsiz qoldirish oqibatlari.
Muhim eslatma:
Hurmatli institut professor-o‘qituvchilari va talabalari!
Favqulodda holatlar yuz berganda Namangan viloyati FVBning quyidagi qisqa raqamlariga tezkor murojaat qiling:
-
☎️ 1050
-
☎️ 101
O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang!
Ogohlik — davr talabi!