“Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot” mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
07.11.2025 00:02:35 9
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Pozilova Muqaddas tomonidan Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi MAT–BU–25 guruh talabalari ishtirokida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot” mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga Mustaqillik yillarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analar qayta tiklanishi, ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasida keng ma’lumot berildi.
Seminar jarayonida mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda interaktiv savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir yakunida mavzuga oid muhim xulosalar chiqarildi.