English English English

Hamkorlikda yaxshi tashabbus

  05.08.2025 11:10:48    36


Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Namangan shahar "Barkamol avlod" sport majmuasida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdagi tashrif amalga oshirildi.


Hamkorlikda yaxshi tashabbus


Tadbirda institut psixologi fakultet tyutorlari, shuningdek,
Namangan viloyati Qo‘l jangi federatsiyasi bilan hamkorlikda yoshlar uchun qiziqarli va ruhlantiruvchi sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

“Qo‘l jangi” va “Stritbol” musobaqalari to‘garak a’zolari ishtirokida o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini sog‘lom, ko‘tarinki va jamoaviy muhitda o‘tkazishiga zamin yaratildi.

Bunday tashabbuslarning asl maqsadi — o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy faollikka chorlash, bo‘sh vaqtlarini foydali va mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdir.

Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda.


Hamkorlikda yaxshi tashabbus Hamkorlikda yaxshi tashabbus Hamkorlikda yaxshi tashabbus