English English English

O‘zbekiston bag‘rikeng diyor

  03.10.2025 08:31:26    10


Namangan davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” loyihasi doirasida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida bir qator madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi.


O‘zbekiston bag‘rikeng diyor


Mazkur tadbirlarda institutda tahsil olayotgan turli millat vakillari faol ishtirok etdilar. Dastur doirasida:
➡️ “Hunarmandchilik buyumlari” tanlovi,
➡️ “Shaxmat” va “Shashka” musobaqalari,
➡️ “Milliy liboslar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovlarda talabalar o‘zlarining zardo‘zlik san’ati va hunarmandchilik bo‘yicha yaratilgan ishlari, ijodiy yondashuvlari hamda milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan liboslari bilan ishtirok etdilar. Musobaqalar jarayonida esa yoshlar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, do‘stona raqobat muhitida bellashdilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor talabalar aniqlanib, ular institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Bunday loyihalar talabalar o‘rtasida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, milliy qadriyatlarga ehtirom va do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda


O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor O‘zbekiston bag‘rikeng diyor