EDUKIDS – Hamkorlik markazi bilan yuqori maqsad sari
28.11.2025 11:48:19 7
Namangan davlat pedagogika instituti rektori hamda tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda 33-DMTT pedagog-xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar-treningda Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, professor M.Asranboyeva oliy ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikning mazmun-mohiyati hamda “EDUKIDS – Hamkorlik Markazi” faoliyatini tashkil etishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar haqida to‘laqonli ma’lumot berdi.
Seminar-trening doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarini kasbiy rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va bolalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, magistratura talabasi O.Aliyeva tayyorlagan M.Montessori pedagogikasi asosidagi noan’anaviy mashg‘ulot ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan namoyish etilgan “Zumrad va Qimmat: quvnoq sarguzashtlar” nomli qo‘g‘irchoq teatri ham bolalar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.
Ushbu seminar-trening pedagogik faoliyatni rivojlantirish, tajriba almashish va bolalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir.