Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Yangi yil oqshomi” tadbiri o‘tkazildi
26.12.2025 09:09:47 7
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil oqshomi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda fakultet dekani T.Abdullayev boshchiligida fakultet jamoasi hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Bayram dasturi davomida badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy ijrolar namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir yangi yilga xos bezaklar, ijodiy yondashuv va iliq muhitda o‘tdi.