English English English

Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari davom etmoqda

  15.03.2026 13:50:44    8


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha mazkur tanlovning Andijon viloyati Izboskan tumani (https://t.me/Andinnovatsion/12236)da saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari davom etmoqda


Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabamiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 2 mln. 60 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldi.

Maxammatov Muxammadyusuf - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.

E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uchqo'rg'on, Uychi, Toʻraqoʻrgʻon, Farg'ona viloyati Quva, Qo'shtepa, Furqat tumani, Navoiy viloyati Qiziltepa, Andijon viloyatining Ulug'nor tumanlari bosqichlarida ham 14 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 15 nafarni tashkil etib, jami 30 million 900 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ma'lumot uchun 16-mart kuni tanlovning Pop tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari davom etmoqda