Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Davraga kel, dugonajon!” nomli iqtidorli xotin-qizlar forumi o‘tkazildi.
08.08.2025 08:36:40 14
Forum davomida ishtirokchilarga zamonaviy bilimlar, qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘llari, ijtimoiy faollik, liderlik, innovatsion fikrlash kabi turli mavzularda taqdimotlar va kerakli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirning navbatdagi bosqichida esa qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini tinglash, dolzarb muammolarni muhokama qilish va ularning yechimlarini birgalikda izlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada forum qizg‘in, samimiy va ochiq muloqot ruhida davom etdi.
Forum yakunida eng faol ishtirokchilarga “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
Har bir fikr qadrlangan, har bir g‘oya rag‘batlantirilgan ushbu davra – kelajak yetakchilarining qadami bo‘ldi!