PSIXOLOGIYA FAN OLIMPIADASI OʻTKAZILDI!
21.05.2026 08:39:59 4
PSIXOLOGIYA FAN OLIMPIADASI OʻTKAZILDI!
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida University of Business and Sciencening Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “Psixologiya fan olimpiadasi” o‘tkazildi.
Mazkur olimpiadada Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi vakillari munosib ishtirok etdilar. Kafedra v.b. dotsenti B. Qayumov hamda kafedra katta o‘qituvchisi M. Roziqova rahbarligida tayyorlangan talabalar oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, faxrli 2- va 3-o‘rinlarni egalladilar.
Ushbu natija kafedrada iqtidorli talabalar bilan tizimli ish olib borilayotgani, ustoz-shogird an’analari samarali yo‘lga qo‘yilgani hamda psixologiya sohasida ilmiy-amaliy bilimlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.