Namangan davlat pedagogika instituti talabalari Kasbiy ko‘nikmalar markazida!
09.09.2025 08:53:48 20
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutori M. Sharipov boshchiligida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari Kasbiy ko‘nikmalar markaziga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida talabalar markazda o‘qitilayotgan:
xorijiy tillar
tikuvchilik
oshpazlik
enagalik
kosmetologiya
sartaroshlik
elektrik ishlari
santexnika
zargarlik
kabi kasblar bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu kasblarni o‘qish bilan birga o‘zlashtirish, doimiy daromad manbaiga aylantirish hamda hattoki xorijda qo‘llash mumkinligi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.