NamDPI va "Axsikent" xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi oʻrtasida memorandum imzolandi
18.05.2025 09:30:48 9
Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan "Tarixiy shaxs va tarixiy makon: Bobur va Axsikent uygʻunligi nomli ilmiy-marifiy tadbiri doirasida Tibbiyot, tabobat va tarix fanlari doktori, professor, "Axsikent" Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi raisi Mirsaydullayev Mirmahmud Mirshohidovich hamda Namangan davlat pedagogika instituti B.Xusanov oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Marosim soʻnggida kitob muallifi Mirsaydullayev Mirmahmud Mirshohidovichga taʼlim va madaniyat sohalarida uzoq yillik samarali hamkorligi hamda ilmiy tadqiqotlariga qoʻshgan amaliy hissasi uchun Namangan davlat pedagogika institutining "Faxriy professori" unvoni berildi.