INSTITUT VAKILLARINING MAHALLAGA AMALIY TASHRIFLARI DAVOM ETMOQDA.
31.01.2026 09:00:44 8
“Mening mahallam — mening faxrim” loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Y.Kamalova, A.Nodirov, I.Qodirov va M.Jo'rayevlar tomonidan Yangi Namangan tumanida joylashgan “Mehnatobod” MFY ga amaliy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari mahalla raisi, mahalla profilaktika inspektori, mahalla yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va tumandagi xotin-qizlar bo'limi boshlig'i bilan uchrashib, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining ma’naviy muhiti, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammo-ehtiyojlar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Mazkur tashrif mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarni mahalla hayotiga faol jalb etish hamda jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirishga xizmat qilishini ta'kidlab o'tildi.