“Kelajak o‘qituvchisi" — talabalar nigohida!
28.12.2025 09:20:27 4
Pedagogika fakulteti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti A. Turg‘unboyeva tomonidan “Mutaxassislikka kirish” fani doirasida Psixologiya yo‘nalishi 1- bosqich talabalari bilan “Uchinchi ming yillik o‘qituvchisi talabalar nigohida” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar o‘z tasavvurlaridagi kelajak o‘qituvchisining psixologik portretini yaratib, pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlarini ijodiy modellar orqali ifodaladilar.Ushbu modellar asosida umumiy xulosalar berildi.Mashg‘ulot yakunida har bir guruh vakili o‘z modeli yuzasidan izohlar berdilar. Talabalar savollarga noan’anaviy va ijodiy yondashuv asosida javob berib, o‘z fikrlarini erkin bayon qildilar.
Mazkur amaliy mashg'ulotda O‘quv ishlari bo‘yicha fakultet uslubchisi A.Boydavlatov hamda guruh tyutori I.Oltinova ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.