NamDPIda "Buyuklar haqida 100 ta dalil" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
15.07.2025 10:08:59 34
Namangan davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati bo‘limi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida "Buyuklar haqida 100 ta dalil" nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari O.Bozorov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati bo‘limi M.Appaqov, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati boʻlimi rahbari Z.Mansur, Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati boʻlimi rahbari Nosir Abbos, shuningdek, institut rektori B.Xusanov hamda muassasalar rahbarlari, maʼnaviyat sohasi mutaxassislari, tarixchilar institutning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talaba-yoshlar, shu bilan birga, 860 ga yaqin ma’rifat targ‘ibotchilari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Taqdimot doirasida mazkur nashrning yaratilish g‘oyasi, ilmiy-nazariy asoslari va amaliy ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Kitobda O‘zbekiston tarixida beqiyos iz qoldirgan buyuk shaxslar – davlat va siyosat arboblari, olim-u mutafakkirlar haqida qiziqarli va kamyob 100 ta dalil jamlangan.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, uslubiy yondashuvi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kitob taʼlim tizimidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim manba sifatida tavsiya etildi.
Mazkur taqdimot xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganishga, yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy o‘zlik va maʼnaviy yetuklikni shakllantirishga xizmat qiladigan yana bir muhim qadam sifatida baholandi.