TALABALAR VAQTINI QANDAY OʻTKAZMOQDA?
30.05.2025 08:55:12 12
Namangan davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva va Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba-qizlar holidan xabar olindi. Mavjud muammo va kamchiliklar o’rganildi. Xonalar ozodaligi tekshirildi. Talabalarning dam olish kunlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun tavsiyalar berildi.
Qizlarni kelajakda Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bir oilani baxtli qiladigan yoshlar ekanliklari, hozirda institut tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, yetuk kadr boʻlishni maqsad qilish kerakligi tushuntirildi.