Yoshlar Akademiyasi bilan yangi imkoniyatlar sari!
01.03.2026 21:59:48 30
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan Yoshlar Akademiyasi faoliyatini keng targ‘ib etish hamda yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish maqsadida Namangan viloyati oliy ta'lim muassasalari Yoshlar akademiyasi liderlari hamkorligida talabalar uchun uchrashuv tashkil etilmoqda.
Yoshlar akademiyasi liderlari uchrashuvida:
🔺 Mira’zam To‘xtasinov - Yoshlar akademiyasi Namangan viloyat hududiy lideri
🔺 Yusufjon Jo‘raxanov - Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar akademiyasi lideri
🔺 Mushtariy Sobirjonova - Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar akademiyasi lideri
🔺 Samandar Maxkamjanov - Namangan davlat Pedagogika instituti Yoshlar akademiyasi lideri
🔺 Adhamjon Kediyev - Turan xalqaro universiteti Yoshlar akademiyasi lideri
🔹 Yoshlar akademiyasi liderlari bilan uchrashuv davomida talabalarga Yoshlar akademiyasi faoliyati bo‘yicha batafsil ma'lumotlar beriladi. Jumladan:
✔️ Yoshlar Akademiyasi faoliyati va imkoniyatlari,
✔️ Yoshlar Akademiyasiga a'zo boʻlish tartiblari,
✔️ Tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun kerakli maslahatlar,
✔️ Innovatsion va g‘oyalaringizni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar,
✔️ Faol talabalar bilan networking va motivatsion uchrashuv,
📍Manzil: Namangan davlat texnika universiteti faollar zali: Namangan shahri, Davlatovod tumani, Kosonsoy ko'chasi 7-uy. (https://maps.app.goo.gl/WKYGLF2G9Ag2gCeA6)
⏰15-oktabr, soat 11:00 da
👌 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!