English English English

IMTIHON JARAYONLARIDA ADOLAT VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

  05.06.2026 09:48:32    11


Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida yakuniy nazorat imtihonlari oldidan “Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.


IMTIHON JARAYONLARIDA ADOLAT VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA


IMTIHON JARAYONLARIDA ADOLAT VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida yakuniy nazorat imtihonlari oldidan “Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari O. Madaminova va U. Erkinboyev, Namangan davlat pedagogika instituti Yuridik bo‘limi yuriskonsulti J. Umarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Mamajonov ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari, akademik halollik tamoyillari, ta’lim jarayonida shaffoflik va adolatni ta’minlashning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mexanizmlari, yakuniy nazorat va imtihon jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bilim va ko‘nikmalarni faqat halol mehnat, intilish hamda akademik halollik tamoyillari asosida egallash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarga huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yanada mustahkamlash, ta’lim muhitida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini qaror toptirish har bir talabaning muhim fuqarolik burchi ekanligi qayd etildi. #KorrupsiyagaQarshimiz #NamDPI #HuquqiyMadaniyat


IMTIHON JARAYONLARIDA ADOLAT VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA