Ijodiy tafakkur namoyishi – institut san’at ko‘rgazmasida
10.07.2025 11:01:52 39
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institutning "Art gallery" muzeyida talabalar uchun san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada institut talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan tasviriy san’at, grafika, haykaltaroshlik va amaliy san’at asarlari namoyish etildi. Mazkur tadbir san’atga mehr uyg‘otish, ijodiy qarash va estetik tafakkurni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Talabalar ko‘rgazmadagi asarlar orqali milliy qadriyatlar, zamonaviy g‘oyalar va ijodiy yondashuvlarning uyg‘unligini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.
Namangan davlat pedagogika institutida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlari davom etmoqda.