Axloqiy qadriyatlar aks etgan ekran asari: “O‘g‘ri” filmi namoyishi
11.07.2025 11:05:07 35
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida taniqli rejissyor Azim Aytmatov tomonidan suratga olingan “O‘g‘ri” badiiy filmi namoyish etildi.

Film davomida halollik, mehr-oqibat, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar yuksak darajada talqin qilindi. Tomoshabinlarni chuqur o‘yga toldirgan voqealar orqali jamiyatdagi axloqiy qadriyatlar, insoniy munosabatlar va hayotiy tanlovlar haqida fikr yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari film orqali ma’naviy boylik va to‘g‘ri so‘zlilik g‘oyalari bilan yana bir bor yuzma-yuz keldilar.