Pokistonlik Mukhammad Wasif Khan NamDPIda dars beradi
26.09.2025 09:22:22 4
Namangan davlat pedagogika institutida Prezident maktabi bilan hamkorlik doirasida muhim qadam qo‘yildi. Namangan shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xalqaro o‘qituvchi, pokistonlik mutaxassis Mukhammad Wasif Khan endilikda institutimizda ham pedagogik faoliyatini boshladi.

Ushbu hamkorlik asosida mutaxassis kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mashg‘ulotlar olib bordi.
Bu tashabbus nafaqat o‘quv jarayonining sifatini oshirish, balki xalqaro tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mutaxassisning institutdagi faoliyati muntazam davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu talabalarning bilimini yanada chuqurlashtirish va ilmiy-pedagogik tajribasini boyitishga xizmat qiladi.