Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan huquqiy madaniyat bo‘yicha profilaktik uchrashuv o'tkazildi
06.09.2025 08:19:57 13
Namangan davlat pedagogika institutida “Ijtimoiy muhit barqarorligi va talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi muhim vazifalar” mavzusida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan talabalarga huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yuridik bilimlarni oshirish haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu jumladan "Xavfsiz kibermakon" oyligi doirasida internet va ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik holatlari, plastik kartalar orqali mablag‘larni noqonuniy yechib olish, shuningdek zararli havolalarga bilmay kirish orqali kiberjinoyatlarga uchrab qolish holatlarini oldini olish bo‘yicha aniq va tushunarli maʼlumotlar berildi.