Chust tumani 1-sonli politexnikum qoshidagi yozgi kasblar markazi oʻrganildi.
18.06.2025 11:13:16 40
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Chust tumani 1-sonli politexnikum qoshidagi yozgi kasblar markazi oʻrganildi.

Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy uslubda jihozlangan o‘quv xonalari, texnik baza va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur markaz orqali o‘quvchi-yoshlar yozgi ta’til davomida IT, hunarmandchilik, tikuvchilik, sartaroshlik, pazandachilik, kompyuter savodxonligi, avtomexanika kabi turli yo‘nalishlarda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari tomonidan qisqa muddatli treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, master-klasslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Yozgi kasb markazlari nafaqat yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirish, balki ularning kelajak kasb tanloviga to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.