“XAVFSIZ VA SO‘G‘LOM YURT” PROFILAKTIK TADBIRI
03.12.2025 10:10:54 10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori kapitan G. Rahmatullayeva tomonidan institut o‘quv binosi hamda talabalar turar joyida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar giyohvandlik va narkojinoyatlarning xavfli oqibatlari, ularning sog‘liq va kelajakka salbiy ta’siri haqida ogoh qilindi. Suhbat yakunida esa o‘quvchilar o‘rtasida ogohlikka chaqiruvchi flayer va bukletlar tarqatildi.