KONSTITUTSIYA — YOSHLAR BILIMI VA FAOLIYATIDA MUSTAHKAM POYDEVOR
04.12.2025 10:40:59 9
Pedagogika fakulteti tyutori Boburjon Tojiboyev tashabbusi bilan 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan maxsus “Challenge” tashkil etildi.
“Konstitutsiya — faxrimiz va gʻururimiz” mavzusidagi chelenjda talabalar faol ishtirok etishdi. Tadbir yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish, huquqiy dunyoqarashini kengaytirish hamda konstitutsiyaning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi.