Diplomdan ishgacha – bitiruvchilar bandligi eng muhim masalaga aylanadi
09.08.2025 08:50:01 19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi. Unda rektorlarning vakolati va mas’uliyatini oshirish, ta’lim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi. Unda rektorlarning vakolati va mas’uliyatini oshirish, ta’lim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, Yangi O‘zbekiston universitetida qo‘llanilayotgan baholash tizimi boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu tizimga ko‘ra:
Bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball,
Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotish natijalariga qarab – 30 ball,
Ilmiy salohiyat hamda xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball,
Mahalliy va xorijiy grantlarni jalb etgani uchun – 10 ball belgilanadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar moliyalashtirish tizimiga bevosita ta’sir qiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu yilgi 92 ming nafar bitiruvchining kelgusi faoliyatida samarali ko‘maklashish rejalashtirilgan.
Jumladan:
20 ming nafari magistratura va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi,
20 ming nafari Bandlik vazirligi orqali staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtiriladi,
20 ming nafarning biznes boshlashi uchun tijorat banklari orqali imtiyozli imkoniyatlar yaratiladi.
Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun Milliy bank va Aloqa bankka 300 million dollar mablag‘ ajratilganligi qayd etildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, belgilangan chora-tadbirlar oliy ta’lim sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, bitiruvchining diplom ishi real loyihalar va investorlar talabiga mos bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada, bozor talablariga javob beradigan, malakali va kafolatli ish bilan ta’minlanadigan mutaxassislar yetishib chiqadi.
Muqaddas TO'RABOYEVA,
Magistratura boʻlimi boshligʻi