"Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovida Namangan davlat pedagogika instituti "Diydor" jamoasi lll oʻrinni qoʻlga kiritdi.
16.05.2025 08:41:03 8
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida oʻtkazilgan "Talabalar teatr studiyalari" Respublika tanlovida Namangan davlat pedagogika instituti "Diydor" jamoasi lll oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Festivalning final bosqichi 2025-yil 14–15-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar tomonidan teatr san’atining turli janrlarini o‘zida mujassam etgan sahna asarlari namoyish qilindi.
Maʼlumot uchun, festival doirasida g‘olib va sovrindorlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi:
1 o‘rin — BHMning 190 barobari miqdorida;
2 o‘rin — BHMning 140 barobari miqdorida;
3 o‘rin — BHMning 85 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.