English English English

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) va nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirish jarayonlari qay tartibda o'tkaziladi?

  28.02.2026 16:07:29    7


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) va nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlar tegishli muddatlarga qadar quyidagi hujjatlar va ilmiy tadqiqot ishlarini shakllantirib borishlari lozim hisoblanadi:


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) va nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirish jarayonlari qay tartibda o'tkaziladi?



1. Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
2. Dekan tavsiyanomasi;
3. Ilmiy rahbarining xulosasi
4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda (3x4 shakl);
5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar, diplom, sertifikat va tashakkurnomalar);
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning elektron nusxalari (to'plamning to'liq holati va tegishli tartibda ajratilgan qismi);
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa);
8. Til bilish darajasi bo'yicha (milliy va xalqaro) sertifikat (agar mavjud bo'lsa);
9. Passport nusxasi;
10. Ma’lumotnoma (obyektivka);

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) va nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasasida dastlab "O'zbekiston tarixi" hamda "Xorijiy til" (Xorijiy til yo'nalishida tahsil oluvchi talabgorlar uchun ikkinchi chet tili) bo'yicha suhbat o'tkaziladi hamda ularning bilimlari soha mutaxassislari va komissiya a'zolari tomonidan sinovdan o'tkaziladi.

Eslatma tariqasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) stipendiyasiga nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligida "O'zbekiston tarixi", "Axborot texnologiyalari" va "Xorijiy til" bo'yicha test sinovidan o'tadilar.

Shundan so'ng, talabgorlarning ilmiy tadqiqot ishlari, shaxsiy hujjatlari hamda erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakli stipendiya.edu.uz saytiga yuklanadi hamda Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga ko'ra natijalar e'lon qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (bakalavr) va nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga yoki +998 95 263 20 20 (@Doniyorbek_Maxkamov) raqamlariga murojaat etishlarini so'raymiz.