“Faollar jamoasi” va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun o'quv-seminarlari tashkil etildi.
23.06.2025 09:53:18 19
“Yoshlar oyligi” doirasida 2025-yilning 21-iyun kuni Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining “faollar jamoasi” va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun o'quv-seminarlari tashkil etildi.

Seminar davomida mamlakatimizda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasb egallashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.
Shu bilan birgalikda, seminar ishtirokchilariga Yoshlar parlamenti faoliyati, notiqlik san'ati, jamoa shakllantirish, foydali "content"lar tayyorlash mavzularida ham professional mutaxassislar tomonidan yangi bilimlar berildi.
Seminar so'ngida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar va ishonch yorliqlari bilan taqdirlandilar.