Xotira muqaddas, inson aziz.
01.05.2026 14:07:23 15
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida yaqinlashib kelayotgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darsi tashkil etildi.
Mazkur darsda fakultet dekani Z.Abdullayev, dekan o‘rinbosari S.Dadaboyev, fakultet tyutorlari hamda faxriy mehmonlar — iste’fodagi podpolkovnik T.Davlatov va institut rektori maslahatchisi M.Xodjayevlar ishtirok etdilar.
Xotira darsi davomida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda xizmat burchini ado etishda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Taklif etilgan mehmonlar tomonidan yoshlarga vatanparvarlik, burchga sadoqat, jasorat va matonat kabi yuksak insoniy fazilatlar haqida ibratli fikrlar berildi.
Mazkur dars talabalar qalbida tarixiy xotiraga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qildi.