NamDPI talabasi Umidjon Arzimatov — Jahon chempionatining kumush medali sohibi!
19.10.2025 11:12:39 35
Misrning qadimiy Qohira shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi JSM-AU-24 guruhi talabasi Umidjon Arzimatov 80 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu yutuq — iroda, mehnat va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchning yorqin timsolidir! Institut jamoasi, ustozlar va barcha hamyurtlarimiz Umidjonning g‘alabasidan faxrlanadi.
Chempionimiz Umidjon Arzimatovni samimiy tabriklaymiz! Kelasi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz!