Milliy liboslar ruhida go‘zallik
04.07.2025 14:57:41 19
Namangan davlat pedagogika institutida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida milliy an’analarimizni qadrlash, yoshlar qalbida estetik did va madaniy ongni shakllantirish maqsadida institutda “Milliy libos — millat koʻrki” chellenji davom etmoqda.

Challengeda institut talabalari va professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etib, oʻzbek milliy liboslarining rang-barangligi, nafisligi va oʻziga xos goʻzalligini namoyon etmoqda. Ushbu tashabbus yoshlarda milliy g‘urur va oʻzlikni anglash hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Milliy libos — bu nafaqat kiyim, balki tarix, madaniyat va milliy o‘zligimizning ramzidir!