English English English

“Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti.

  20.10.2025 21:12:42    8


Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi, faol ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchi Azizbek Toshpo‘latov tomonidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibiga “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida mazmunli ma’ruza o‘qildi.


“Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti.


Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, ona tilimizning beqiyos boyligi, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalari atroflicha yoritildi. Xususan, ona tilining milliy o‘zlikni ifodalovchi eng muhim omillardan biri ekani, tilga bo‘lgan hurmat va e’tibor jamiyat taraqqiyoti garovi ekani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, institutning iqtidorli talabalari tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar yoddan aytildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar Namangan shahri va barcha tumanlarida ham izchil ravishda o‘tkazilib, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida til madaniyatini yuksaltirish, milliy g‘ururni oshirishga xizmat qilmoqda.


“Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti. “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘uloti.