English English English

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

  09.01.2026 09:03:39    10


Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni institut rektori B.Xusanov kirish so‘zi bilan ochib, Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ta’lim tizimi, xususan, pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldiga katta mas’uliyat yuklayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni institut faoliyatiga izchil tatbiq etish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oshirish muhimligi qayd etildi.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor D.Boydadayev Murojaatnomada aks etgan iqtisodiy islohotlar, 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim ko‘rsatkichlari, kambag‘allikni qisqartirish borasida erishilgan ijtimoiy yutuqlar hamda barqaror va yuqori daromadli o‘sishga yo‘naltirilgan strategik yo‘nalishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

 


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI


Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i J.Yuldashev sanoat va raqamli startaplarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’limda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti A.Abdullayev tomonidan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilishi belgilangan muhim vazifalar, mahalla institutining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ijtimoiy faollikni oshirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Yakunida seminar ishtirokchilari Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha aniq xulosalar bilan yakunlandi.


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA PREZIDENT MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TDI